Ijtimoiy tarmoqlarda katta yoshli erkak bolani yuziga urayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o`rganayotganini ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 30 iyun kuni Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi nafaqadagi M.A. 2020 yilda tug`ilgan nabirasi A.A. (o`g`il bola) bilan sayr qilish uchun ko`chaga chiqqan vaqtida nabirasi A.A. yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.
So`ng, uyidan olisroq bo`lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
"Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga etkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu borada qo`shimcha axborot beriladi", deyiladi xabarda.






