1

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Jamiyat 02.07.2024, 15:45
Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.

Unga ko`ra, endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun sarson bo`lib tegishli tashkilotlarga borib yurilmaydi. Bu jarayonni my.gov.uz orqali amalga oshirish mumkin bo`ldi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma ma`lumotlar tizimda mavjud. Hatto murojaat holatini real vaqtda kuzatib borsa ham bo`ladi.

Tayyor guvohnomani eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qo`shimcha to`lov evaziga pochta xizmati orqali uyda qabul qilib olish mumkin. 

Avvalroq notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko`paygani xabar qilingandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1