1

Buxoroda do`kon yonib ketdi

Jamiyat 02.07.2024, 16:49
Buxoroda do`kon yonib ketdi

Buxoro tumanidagi savdo do`konida yong`in chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun soat 12:16 da Buxoro tumani Xonabod mahallasi Qumrabod qishlog`ida joylashgan qurilish mollari savdo do`konida yong`in sodir bo`lgan. Yong`in oqibatida savdo do`konining taxminan 40 kvadrat metr maydonida shiftning plastik qoplamalari yongan.

Voqea joyiga 2 ta yong`in qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Olov soat 12:40 da to`liq o`chirilgan. Yong`in oqibatida halok bo`lgan yoki tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanayotgani bildirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1