1

Muhandislar Yaponiyaga ishga yuboriladi

Jamiyat 02.07.2024, 17:02
Muhandislar Yaponiyaga ishga yuboriladi

O`zbekistonlik muhandislar Yaponiyada malaka oshiradi va ishga joylashtiriladi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston elchisi Muhsinxo`ja Abdurahmonov Yaponiyaning "Daito Trust Construction" korporasiyasi prezidenti Kei Takeuchi bilan uchrashuv o`tkazgan. Unda mamlakatga xorijiy investisiyalar, yuqori texnologiyalarni jalb qilish, chet el kompaniyalari bilan ta`lim va migrasiya sohasida hamkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Qurilish-arxitektura va muhandislik sohalarida mamlakatda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning yapon korporasiyasida malakasini oshirish, stajirovkalar tashkil etish va ishga joylashtirish xususida fikr almashilgan.

Korporasiya prezidenti Kei Takeuchi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli qurilish ishlarida yapon texnologiyalarini tatbiq qilish, seysmik xavfsizlik va zilzilalarga bardoshli yapon qurilish standartlarini joriy etishga ko`maklashishga tayyorligini bildirgan.

Uchrashuv yakunida "Daito Trust Construction" korporasiyasi rahbariyatining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda 2024 yildan boshlab bosqichma-bosqich o`zbekistonlik 100 nafarga yaqin yuqori malakali muhandis kadrlarni Yaponiyada malakasini oshirish va ishga qabul qilish to`g`risida kelishib olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1