AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktablarda daraxtlar yarim tunda kesib ketildi

'Toshkentdagi maktablarda daraxtlar yarim tunda kesib ketildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ikkita maktabda yarim tunda kesib ketilgan 85 tup daraxt haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasining ma`lum qilishicha, holat Shayxontohur tumanidagi 42- hamda Yakkasaroy tumanidagi 48- maktablarida sodir bo`lgan. Ayni paytda ushbu maktablarda qo`shimcha o`quv binolari qurilmoqda. 

Shu munosabat bilan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasidan taqdim etilgan xulosaga ko`ra, Shayxontohur tumanidagi 42-maktab hududidagi  38 tup daraxt kesilmasdan va hech qanday zarar etkazilmasdan boshqa joyga ko`chiriladigan bo`lgan. 

Boshqarma rasmiy bayonotida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so`zlar asossiz ekanligi qayd etilgan. Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli Qaroriga asosan barcha agrotexnik qoidalarga rioya qilgan holatda daraxtlar boshqa joyga ko`chirilishi ma`lum qilingan.

 

 

    Boshqa yangiliklar