1

O`zbekistonga shar olib kirish uchun bojni 10 baravarga oshirish taklif etilmoqda

Jamiyat 02.07.2024, 19:34
O`zbekistonga shar olib kirish uchun bojni 10 baravarga oshirish taklif etilmoqda

Ekologiya vazirligi ayrim tadbirkorlar, ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan shar uchirish kabi tadbirlar o`tkazilishi qarshi turli chora-tadbirlar ko`rmoqda. 

Vazirlikning ma`lum qilishicha, sharlarni O`zbekistonga olib kirish uchun bojxona to`lovlarini 10 baravarga oshirish, yurtimizda shar uchirish kabi tadbirlarni o`tkazmoqchi bo`lganlarga utilizasiya talabini qo`yish va bunda sharlarning narxiga nisbatan 100 baravar miqdorda narx belgilash taklif qilinmoqda.

"Ekologiya vazirligi bu kabi holatlarga chek qo`yish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tarafdori. Shuning uchun ekologiyaga befarq bo`lmagan yurtdoshlarimizni plastik o`yinchoqlar, sharlar uchirish kabi tadbirlarga yo`l qo`ymaslik, bunday tadbirlarga boykot e`lon qilishga chaqiramiz, - deyiladi vazirlik xabarida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1