1

Endi yo`l ob`ektlari alohida ruxsatnoma olingandan so`ng quriladi va ta`mirlanadi

Jamiyat 03.07.2024, 11:15
Endi yo`l ob`ektlari alohida ruxsatnoma olingandan so`ng quriladi va ta`mirlanadi

“Yo`llar va yo`l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta`minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo`yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-241-son, 01.07.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 sentyabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat`i nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo`llar, trotuarlar va boshqa yo`l infratuzilmasi ob`ektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo`l ob`ektini har qanday ko`rinishda ta`mirlash, buzish, qazish, o`zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so`ng amalga oshiriladi;

ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo`yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YaIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda ko`rsatiladi;

ruxsatnoma yo`l ob`ektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikasiya tarmoqlaridagi avariya bilan bog`liq yoki boshqa kechiktirib bo`lmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;

ruxsatnomada yo`l ob`ektida qurilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yo`l ob`ektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli ma`muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab bo`lishi haqida ogohlantirish ko`rsatiladi;

yo`l ob`ektida qurilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko`rinadigan joyga ilib qo`yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko`ra taqdim etilishi shart hisoblanadi;

ruxsatnoma olmasdan turib yo`l ob`ektida qurilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va ta`mirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo`ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va ta`mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko`rmaslik, shuningdek, qurilish va ta`mirlash ishlari yakunlangandan so`ng yo`l ob`ektining avvalgi holatini tiklash bo`yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1