1

O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Jamiyat 03.07.2024, 18:11
O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

 Hindistondan Qozog`iston orqali O`zbekistonga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini olib kelish bilan shug`ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi. 

Ular navbatdagi dori vositalarini "Dehli-Toshkent-Olmaota" aviayo`nalishi orqali "Olmaota" xalqaro aeroportiga olib kelib, Qozog`istonning Turkiston viloyati Sariyog`och tumanidan yashirin erosti yo`li orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga o`tkazilgan.

Jinoiy guruh a`zolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming so`mlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17048 dona dori vositalari rasmiylashtirib olingan.

Toshkent tumani "O`rikzor" MFYda yashovchi fuqaroning uyini Qozog`iston bilan bog`lovchi erosti yo`li uzunligi 310 metrni tashkil etadi. Erosti yo`li havo ventilyasiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo`ljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.

Holat yuzasidan jinoiy guruh a`zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1