AsosiyJamiyat

Toshkentning ikki tumaniga gaz etkazib berish to`xtatiladi

'Toshkentning ikki tumaniga gaz etkazib berish to`xtatiladi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli Toshkentning ikki tumaniga gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda ”Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 4 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.

Sergeli tumani:

• ”Nog`ayqo`rg`on” MFY Mohidil, Mohichehra, Gulzor, Erkinlik ko`chalaridagi 426 ta erli xonadon;

• ”Qubaytepa” MFY Parizod va Qubaytepa ko`chalaridagi 392 ta erli xonadon;

• Choshtepa ko`chasidagi 65 ta erli xonadon;

• Daryo bo`yi ko`chasidagi 82 ta erli xonadon.

Ulgurji iste`molchilar soni: 14 ta.

Olmazor tumani:

• ”Orzu” MFY, 3 ta ko`p qavatli uylardagi 222 ta xonadon.

Ulgurji iste`molchilar soni: 5 ta.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

”Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`raydi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar