1

Toshkentda avtoturargohlarni qidirish va bron qilish imkoniyati yo`lga qo`yilishi mumkin

Jamiyat 04.07.2024, 10:57
Toshkentda avtoturargohlarni qidirish va bron qilish imkoniyati yo`lga qo`yilishi mumkin

Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov “iCell” kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o`tkazgan. Muloqot chog`ida yo`l va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investisiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borayotgan ishlarga alohida e`tibor qaratilgan. Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda haq to`lash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan. Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin bo`lgan variantlarini o`rganish va Toshkent shahrining o`ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.

Muloqot davomida ushbu loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun ma`muriy jazo choralari, ularni hal etish yo`llari, shuningdek, yo`l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq tushunishni nazarda tutuvchi moddalarning dispozisiyalari bo`yicha o`zgartishlar kiritish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1