1

Umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish lisenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

Jamiyat 04.07.2024, 11:28
Umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish lisenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

Joriy yilning 2 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan qonun [O`RQ-935-son] bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

"Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida"gi Qonunga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchaga ko`ra, Umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishga doir faoliyat lisenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari bo`yicha qo`mita mazkur sohadagi lisenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Shuningdek, "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha faoliyat uchun lisenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so`m) etib belgilandi.

Bundan tashqari "Davlat boji to`g`risida"gi qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Din ishlari bo`yicha qo`mita tomonidan Umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha faoliyatini lisenziyalaganlik uchun to`lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming so`m) etib belgilandi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1