"Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024 yilgi II mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
- Loyihalar kiritish: 6 − 26 iyul;
- Loyihalarni saralash: 26 iyul – 15 avgust;
- Targ`ibot qilish: 15 avgust – 22 avgust;
- Ovoz berish: 22 avgust – 1 sentyabr sanalari davomida o`tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trln so`mdan ortiq mablag` yo`naltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 trln 360 mln so`mni tashkil etadi.






