AsosiyJamiyat

Andijonda jamoat transporti brutto-shartnomalariga o`tkazilmoqda

'Andijonda jamoat transporti brutto-shartnomalariga o`tkazilmoqda'ning rasmi

2024 yilning 2 iyul sanasidan e`tiboran 1 sonli “Gulshan MFY – Andijon shahar shifoxonasi” avtobus yo`nalishi brutto-shartnoma tizimiga o`tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu yo`nalishga 20 dona avtobus biriktirilgan bo`lib, qatnov oraliq intervali 10 daqiqani tashkil etadi.

Shu munosabat bilan yo`lovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi qat`iy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oshirilishi lozim. Haydovchilarga tegishli  yo`riqnomaga asosan faqat bekatlarda yo`lovchi olish va tushirishi, qat`iy jadval asosida harakatlanishi, yo`lovchi bor yoki yo`qligidan qat`iy nazar har bir bekatlarda to`xtab o`tishi lozimligi tushuntirilgan.

Yangi tizimga muvofiq tashuvchi bosib o`tilgan yo`l va sifat mezonlari asosida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishi lozim. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yo`nalishi bosqichma-bosqich ravishda ushbu tizimga o`tkaziladi.

Ma`lumot uchun: brutto-shartnoma tizimi – yo`nalishlarda cheklangan tariflarda yo`lovchi tashish xizmatlari uchun “bosib o`tilgan yo`l” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi o`rtasida tuzilgan shartnoma.

    Boshqa yangiliklar