1

O`zbekiston Prezidentining amaliy tashrifi yakunlandi

Jamiyat 04.07.2024, 20:24
O`zbekiston Prezidentining amaliy tashrifi yakunlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ostona shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga etdi.

Kecha, 3 iyul kuni davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o`tkazib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Bugun Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, tashkilot makonida ko`p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida O`zbekiston Prezidentini Qozog`iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kuzatib qo`ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1