1

Andijonda jamoat transporti brutto-shartnoma tizimiga o`tkaziladi

Jamiyat 05.07.2024, 09:53
Andijonda jamoat transporti brutto-shartnoma tizimiga o`tkaziladi

Andijon shahrida 2 iyuldan boshlab 1-sonli "Gulshan MFY — Andijon shahar shifoxonasi" avtobus yo`nalishi brutto-shartnoma tizimiga o`tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu yo`nalishga 20 dona avtobus biriktirilgan bo`lib, qatnov oraliq intervali 10 daqiqani tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, yo`lovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi qat`iy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oshirilishi lozimligi ta`kidlangan. Haydovchilarga tegishli yo`riqnomaga asosan faqat bekatlarda yo`lovchi olish va tushirishi, qat`iy jadval asosida harakatlanishi, yo`lovchi bor yoki yo`qligidan qat`iy nazar har bir bekatlarda to`xtab o`tishi lozimligi tushuntirilgan.

Yangi tizimga muvofiq tashuvchi bosib o`tilgan yo`l va sifat mezonlari asosida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishi lozim. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yo`nalishi bosqichma-bosqich ravishda ushbu tizimga o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1