AsosiyJamiyat

Navoiyda 2-sinf o`quvchisi avtomobil bosib ketishidan halok bo`ldi

'Navoiyda 2-sinf o`quvchisi avtomobil bosib ketishidan halok bo`ldi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 2-sinf o`quvchisi avtomobil bosib ketishidan halok bo`ldi. Holat aks etgan video ijtmoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda katta tezlikda harakatlanayotgan ikki avtomobil piyodalar o`tish joyiga yaqinlashganida fuqarolar yo`lni kesib o`tayotganini ko`rgan bo`lsa-da, tezlikni pasaytirmagani va ularga yo`l bermaganini ko`rish mumkin. Oldindagi avtomobil o`tib ketgan, uning tez harakati ta`sirida qiz yiqilib tushgan, uning ortidan 142 kilometr/soat tezlikda kelayotgan BYD Song Plus Champion uni bosib ketgan. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar qildi.

Voqea 1 iyul kuni soat 19:20 larda Xatirchi tumani hududidan o`tgan avtomobil yo`lining 127-kilometrida sodir bo`lgan. Qizcha yo`lga to`satdan yugurib chiqqan. U olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar