Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatida, jo`nab ketish zalining VIP hamda CIP zallari yonida joylashgan kassada endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Bular:
- Uzbekistan Airways
- Silk Avia
- Centrum Air
- Qanot Sharq
- Air Samarkand
- Turkish Airlines
- Asiana Airlines
- Lot Airlines
- Belavia
- Air Astana
- Aeroflot
- Ural Airlines
- S7
- Red Wings
- Utair
Bundan tashqari, kassada yo`lovchilar Uzbekistan Airways, Silk Avia, Centrum Air qo`shimcha xizmatlari uchun haq to`lashlari mumkin. Ya`ni, aviachiptalarni xarid qilishdan tashqari, chiptalarni qayta bron qilish va qayta rasmiylashtirish, xizmat ko`rsatish klassini ko`tarish yoki tushirish, ortiqcha va maxsus bagaj, shu jumladan, o`simlik va hayvonlarni tashish uchun to`lovlarni amalga oshirsa bo`ladi.
Shuningdek, bu erda "Fast Track" va aeroportning yuqori qulaylikdagi "CIP Lounge" va "Anor" zallari xizmati uchun to`lovni amalga oshirish mumkin, deyiladi xabarda.