Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo`shimcha xarajatlarga sabab bo`layotganligi jamoatchilikning e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.
Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o`rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko`rish maqsadida tezkor ishchi guruh tashkil etgan.
Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo`mitasi bilan birgalikda, "O`zenergoinspeksiya", O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ vakillari jalb qilingan.
Ushbu holatlarni o`rganish davomida aniqlanadigan
kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha qonuniy choralar ko`rilishi ta`minlanadi.
✈️
Hurmatli iste`molchilar,
sizda ham yuqoridagi kabi muammoli holatlar mavjud bo`lib o`z echimini topmayotganligidan norozi bo`lsangiz,
Raqobat qo`mitasining
yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @.rquzBot
orqali murojaat qilishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.






