Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura ҳuzuridagi departamentning qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.S.” fermer hoʻjaligi raҳbari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat maqsadida “mtz-80” motorli suv nasosi uskunasini tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 417 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
departamentning uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “sh.o." mchj raҳbari o.yu. mchj ishlab chiqarish tsehidagi uskunalarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulab, 286,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
shu kabi, departamentning buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan va “oʻzenergoinspektsiya”ning viloyat boshqarmasi hodimlari ҳamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “n.f-m.” mchj energetigi a.z. va boshqalar mchjning ishlab chiqarish uskunalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 230 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
departamentning shofirkon va romitan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “i.f.” fermer hoʻjaligi ҳamda “ch.k.” mchj masъul shahslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 122,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
mazkur ҳolatlar yuzasidan jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov ҳarakatlari oʻtkazilmoqda.






