AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda badiiy tarjima sohasidagilar uchun yangi xalqaro mukofot beriladi

“Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash ҳaqida” qaror qabul qildi.

'Oʻzbekistonda badiiy tarjima sohasidagilar uchun yangi xalqaro mukofot beriladi'ning rasmi

Qarorga muvofiq, Badiiy tarjima soҳasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot uchun hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash tartibini belgilaydi.

Mukofot oʻzbek adabiyotining eng yahshi asarlarini horijiy tillarga, jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, faol ijod qilayotgan mohir tarjimonlarni moddiy va manaviy ragʻbatlantirish, badiiy tarjimaning saviyasini yanada oshirish hamda mamlakatimizda adabiyot va kitobhonlikni keng ommalashtirish maqsadida joriy etiladi.

Nizomda:

  • Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotga hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish, gʻoliblarii aniqlash tartibi;
  • xalqaro mukofot byeriladigan yoʻnalishlar;
  • oʻzbek badiiy tarjima maktabini rivojlantirish hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjiҳatlik rishtalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega boʻlgan tarjima asarlar uchun ragʻbatlantiruvchi mukofotlar berish.

Mazkur Nizomga muvofiq, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash boʻyicha qarorlar Oʻzbyekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 iyundagi PQ-205-son qarori bilan tuzilgan Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Kengash qarorlari Kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi yoki yigʻilishga raislik qilgan Kengash raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.

Tanlov ikki yilda bir marta oʻtkazilib, gʻoliblarga Xalqaro mukofotni tantanali topshirish sanasi Kengash tomonidan belgilanadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    'Toshkentda Shahzod Rismatov ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:18

    Toshkentda Shahzod Rismatov ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi

    Toshkentda boʻlib oʻtgan sud jarayonida Shahzod Rismatovga nisbatan toʻrtta firibgarlik epizodi boʻyicha ayblov oʻqildi.