Bu haqda “Oʻzgidromet” habar berdi. Qayd etilishicha, shu kuni jala va doʻl yogʻib oʻtgan. Buning natijasida:
- Fargʻona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yoʻlidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.
- Fargʻona tumani Shohimardon qishlogʻi togʻ-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shagʻal bilan toʻldirgan. Shuningdek, yoʻl chetida turgan 2 ta avtomobil atrofi qisman qum-shagʻal bilan qoplangan.
- Fargʻona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yoʻlidan soat 15:30 da 1,5-2 myetr kub/syekund syel oqimlari vujudga kyelib, aҳoli va ҳududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.
Sel oqimlari natijasidan fuqarolar oʻrtasida jabrlanganlar yoʻq. Bu ҳaqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan habar bermoqda. Ҳozirda tuman FVDT hizmatlari kuch va vositalarini jalb etgan holda mahsus tehnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.