AsosiyJamiyat

Oʻzbyekistondagi doimiy aҳoli soni malum qilindi

Aҳolining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollarni tashkil etmoqda.

'Oʻzbyekistondagi doimiy aҳoli soni malum qilindi'ning rasmi

2024 yil 1 iyul ҳolatiga Oʻzbekistonning doimiy aҳolisi soni 37 million 134 ming kishini tashkil etdi. Bu ҳaqda Statistika agentligi malum qildi.

Qayd etilishicha, aҳolining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar ҳissasiga toʻgʻri kyeladi. Mamlakatning shaҳar aҳolisi soni 18,9 million kishini, qishloqlardagi aҳolisi 18,2 million kishini tashkil etadi.

Agentlik malumotiga koʻra, respublika aholisining oʻrtacha yoshi 28,5 yosh boʻlgan. Taqqoslash uchun, 2014 yilda aholi oʻrtacha yoshi 27,3 yosh edi.

Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar umumiy aholi sonining 56,4 foiziga teng. Shu bilan birga, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,6 foiz.

Doimiy aholi sonining eng koʻp ulushi Samarqand viloyatida qayd etilgan –4 million 249 ming nafar. Bu butun Oʻzbekiston aholisining 11,4 foizi degani. Shuningdyek, Fargʻona (4,1 million kishi), Qashqadaryoda (3,6 million kishi), Andijon (3,4 million kishi) va Namangan (3,1 million kishi) viloyatlarida nisbatan koʻp aholi istimoqmat qiladi.

Doimiy aholisi sonining ulushi eng kam hudud Sirdaryo viloyati boʻlib, u yerda 922,1 ming kishi yashamoqda. Navoiy (1,1 million kishi), Jizzah (1,5 million kishi), Xorazm (2 million kishi) viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda (2 million kishi) nisbatan kam aholi istiqomat qiladi.

    Boshqa yangiliklar