AsosiyDunyo

Venesueladagi prezidentlik saylovida amaldagi prezident g‘olib bo‘ldi

Saylovdan oldingi so‘rovnimalar muxolifatning g‘alaba qozonishi mumkinligini ko‘rsatgan edi.

'Venesueladagi prezidentlik saylovida amaldagi prezident g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. Bu haqda Venesuela Milliy saylov kengashi raisi Elvis Amoroso ovoz berish natijalaridan so‘ng ma’lum qildi.

Ovozlarning 80 foizi sanab chiqilgach, Maduroni 5 150 092 nafar saylovchi yoki ovoz berganlarning 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi.

4 445 978 saylovchi yoki ovoz berganlarning 44,2 foizi Maduroning asosiy raqibi, o‘ta o‘ng partiyalardan nomzod Edmundo Gonsalesga ovoz berdi. Saylovchilarning 4,6 foizi qolgan sakkiz nafar nomzodga ovoz berdi.

Muxolifat ovoz berish jarayonida qonunbuzarliklar sodir etilganini da’vo qilib, natijalarga e’tiroz bildirishni rejalashtirmoqda. Muxolifat faollarining aytishicha, ularda saylov qutilarining atigi 30 foizi uchun ovoz berish qayd etilgan va saylov organi saylov uchastkalari ma’lumotlarini darhol e’lon qilmagan. Saylovdan oldingi ko‘plab so‘rovnimalar muxolifatning saylovlarda g‘alaba qozonishi mumkinligini ko‘rsatatgan edi.

    Boshqa yangiliklar