O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi Rossiya chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganida qolga olindi. Bu haqda "Mash" xabar berdi.
Aniqlanishicha, Saratov viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar yuk mashinasini to‘xtatgan. Hujjatlarga ko‘ra, og‘ir yuk mashinasida qovunlar tashilgan.
Ammo, mashina tekshirilganda yuk ichida Rossiyaga yashirin o‘tmoqchi bo‘lgan 4 nafar muhojir aniqlangan, — deyiladi xabarda.
Natijada, haydovchi va qoidabuzarlarga nisbatan (Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.