HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya Tehronda o‘ldirildi. Bu haqda The New York Times, Mehr va Tasnim xabar qildi.
"Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida Ismoil Honiya Eronning yangi saylangan prezidentining inauguratsiya marosimida qatnashish uchun Tehronga tashrif buyurganida o‘ldirilganini e’lon qildi. Bayonotda Honiya va bir eronlik qo‘riqchi yashash joyida nishonga olingani, batafsil ma’lumotlar e’lon qilinishi bildirildi", deya xabar bermoqda New York Times.
Ma’lum bo‘lishicha, yetakchining Tehrondagi qarorgohi Isroil tomonidan nishonga olingan.






