AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda 7 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi

Ularning ayrimlari iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kamsitilishiga olib kelgan.

'Qoraqalpog‘istonda 7 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari hujjatlarida raqobat qonunchiligi talablariga zid holatlarni aniqladi.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligi davomida 11 ta tuman hokimliklarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari yuzasidan jami 15 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tuman hokimliklarida 31 ta holatda tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish va raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining kamsitilishiga olib keluvchi boshqa turdagi hujjatlar chiqarilgani aniqlandi.

Buning natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi birinchi qismining 4, 5, 7, 9, 12 va 13-xat boshlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra, 7 ta tuman hokimliklarining bayonnoma va chiqish xatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 13:50

'1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 09:31

1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

'“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 09:23

“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 08:05

Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.

'Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib keldi'ning rasmi

Jamiyat 22.11.2024 07:40

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib keldi

Poyezd "Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota" yo‘nalishida yo‘lga chiqqan.

'Bosh vazir o‘rinbosarlari tayinlandi'ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 17:19

Bosh vazir o‘rinbosarlari tayinlandi

Prezidentning vazirlarni tayinlash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.