AsosiyJamiyat

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan shaxs 2 yilga qamaldi

4 nafar fuqaro 40 taga yaqin baliq ovlab, salkam 300 mln so‘m zarar keltirgan.

'Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan shaxs 2 yilga qamaldi'ning rasmi

Buxoroda noqonuniy baliq ovlagan fuqarolarga sud tomonidan yakuniy jazo tayinlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

2023 yil 16 dekabr kuni "Og‘itma" ko‘lidan 4 nafar fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 12 dona Turkiston mo‘ylovdori, 7 dona tovonbaliq, 17 dona zog‘ora hamda 1 dona moybaliqni taqiqlangan usulda, ya’ni to‘r yordamida ovlaganligi aniqlangan. Natijada tabiatga 292 million 162 ming so‘m zarar yetkazilgan va hujjatlar sudga taqdim etilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan 3 nafar huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, yana bir huquqbuzarga nisbatan T.R.ga Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “g", "e", "j” bandlari bilan Jinoyat kodeksning 57-moddasi qo‘llanib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Toshkent metro yo‘li ostidagi "moyka"da dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Jamiyat 21.02.2025 22:59

Toshkent metro yo‘li ostidagi "moyka"da dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi

FVB Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

'Endi ajrimdan keyin er sobiq xotiniga turar joy uchun ijara haqi ham to‘lashi mumkin'ning rasmi

Jamiyat 21.02.2025 22:18

Endi ajrimdan keyin er sobiq xotiniga turar joy uchun ijara haqi ham to‘lashi mumkin

Senatorlar ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.

'Endi sud oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganga yarashish uchun muhlat tayinlanmaydi'ning rasmi

Jamiyat 21.02.2025 21:58

Endi sud oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganga yarashish uchun muhlat tayinlanmaydi

Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquqlari himoyasi kuchaytirilmoqda.

'Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchilarning akademik natijalariga qanday ta’sir qiladi?'ning rasmi

Jamiyat 21.02.2025 20:47

Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchilarning akademik natijalariga qanday ta’sir qiladi?

Tadqiqotlar boy oilalarning farzandlari kambag‘al oilalar farzandlariga nisbatan matematika fanidan 43,7 ball, o‘qish fanidan 39,8 ball va tabiiy fanlardan 36,7 ball yuqori natija ko‘rsatdi.

'Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan axborotning oshkor etilishi borasida qo‘yilgan talablar soddalashtiriladi'ning rasmi

Jamiyat 21.02.2025 20:22

Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan axborotning oshkor etilishi borasida qo‘yilgan talablar soddalashtiriladi

Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.

'Poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladimi'ning rasmi

Jamiyat 21.02.2025 19:30

Poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladimi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar qanchalik asosli? Sog‘liqni saqlash vazirligi oydinlik kiritdi.