AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda gaz quvuridan gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘ldi

Energetika vazirligi hodisaga izoh berdi.

'Qashqadaryoda gaz quvuridan gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatidagi gaz quvuridan gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Energetika vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, soat 11:35 da Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi “Shirinobod” konidagi (“Epsilon” XKga qarashli) quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqish holati oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

"Hozirgi vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, ta’mirlash ishlariga kirishilgan. Voqea sababli jarohatlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar