O‘zbekistonda raqobatga qarshi kelishuvlar hamda reklama qonunchiligi buzilishi haqida vakolatli organlarga xabar bergan fuqarolarni rag‘batlantirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, mukofot puli undirilgan jarimalarning ma’lum qismiga qarab belgilanadi:
— raqobatga oid holatlar uchun — 3 foizgacha;
— reklama qoidalari buzilishi uchun — 10 foizgacha.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tizim jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, qonunbuzarliklarni tezkor aniqlash va bozorda adolatli raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.






