AsosiyJinoyat

Toshkent xalqaro aeroportida 1,5 mlrd so‘mlik tilla soatni olib o‘tayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Fuqaro soatni qo‘l sumkasiga yashirib, noqonuniy olib o‘tishga uringan.

'Toshkent xalqaro aeroportida 1,5 mlrd so‘mlik tilla soatni olib o‘tayotgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 24 avgust kuni soat 02:40 atrofida “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan "Dubay-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tegishli tartibda tekshirilgan. 

Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 mlrd 540 mln 260 ming so‘mlik 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan “Patek Philippe Geneve” yozuvli qo‘l soati borligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Ushbu tartibni buzgan fuqaro MJtKning 227-19-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda “Hududgaz” xodimi pora olgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 03.11.2025 19:04

    Jizzaxda “Hududgaz” xodimi pora olgan vaqtida ushlandi

    Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi "Hududgaz" xodimi 6 ming AQSH dollari pora olgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushlandi.

    'Toshkentda 18 yoshli qizga nomaqbul video yuborgan yigit 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 31.10.2025 11:21

    'Sirdaryoda davlat hisobidan himoya qilishi kerak bo‘lgan advokat pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 29.10.2025 07:16

    Sirdaryoda davlat hisobidan himoya qilishi kerak bo‘lgan advokat pora bilan ushlandi

    Gumonlanuvchini qulay sharoyitga o‘tkazib berish va sud jarayonini uning foydasiga hal qilish evaziga pul talab qilgan.

    'Chek elga ishga yuborish va'dasi bilan fuqarolarni aldash holatlari fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 28.10.2025 10:27

    Chek elga ishga yuborish va'dasi bilan fuqarolarni aldash holatlari fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    'Janubiy Koreya va Slovakiyaqa ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 27.10.2025 07:44

    Janubiy Koreya va Slovakiyaqa ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

    Namanganda xorijga ishga yuborishni va'da qilgan ikki shaxs fuqarolardan katta miqdorda pul olib, qo'lga tushdi.

    'Yangi yoʻlda ayollar nomidan firibgarlik qilgan yigit ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 24.10.2025 12:29

    Yangi yoʻlda ayollar nomidan firibgarlik qilgan yigit ushlandi

    U 10 ga yaqin Telegram-profil orqali pulini olib, Iphone sotishga da'vo qilgan.