AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari havo-harorati asta-sekin pasayadi

Yozning so‘nggi va kuzning dastlabki kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi.

'Dam olish kunlari havo-harorati asta-sekin pasayadi'ning rasmi

Avgust oyining oxirgi kunlarida va 1—3 sentyabr bayram kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo harorati 30—31 avgustda kunduz kunlari 31-35 daraja atrofida, janubda 37 darajagacha bo‘ladi. 1 sentyabrdan respublika hududi bo‘yicha harorat foni asta-sekin pasayadi va 2—3 sentyabrda harorat 28-31 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari 13-15 darajagacha pasayadi.

Nisbatan salqin havoning kirib kelishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan qayd etiladi.

Toshkentda 30—31 avgust va 1—3 sentyabr kunlari havo asosan ochiq bo‘ladi. Shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 1—2 sentyabrda 10-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 15-18 daraja, 3 sentyabrda 13-15 daraja, kunduz kunlari 30—31 avgust va 1 sentyabrda 30-34 daraja, 2—3 sentyabrda 28-30 daraja bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent havosi ifloslanish bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 10:11

    Toshkent havosi ifloslanish bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

    Poytaxt havosi JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha havo sifatidan salkam 35 baravar yuqori.

    'Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 09:42

    Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

    Avazbek Ergashev 15 yil davomida Qo‘rg‘ontepa tumani hokim lavozimida ham faoliyat yuritgan.

    'Bugun ham O‘zbekistonda o‘rtacha harorat saqlanib turadi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 08:13

    'Prezidentning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat 26.12.2024 23:17

    Prezidentning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

    Bugun davlat rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 26.12.2024 21:28

    'Aybsiz “aybdor”ga aylangan bojxona xodimlari oqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 26.12.2024 20:52

    Aybsiz “aybdor”ga aylangan bojxona xodimlari oqlandi

    Ulardan biri mansab vakolatini suiiste’mol qilish orqali jinoyat sodir etganlikda ayblangan va 13 yilga qamalgan.