AsosiyJamiyat

Talabalar ijara to‘lovlarini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishi mumkin

Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumot berdi.

'Talabalar ijara to‘lovlarini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishi mumkin'ning rasmi

Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratilgandi.

Ariza berish quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
  2. shaxsiy kabinetdan "Ijara to‘lovlari" bo‘limi tanlanadi;
  3. "Ariza yuborish" tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Ma’lumot uchun, bunda 1 bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Shunga qaramasdan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati esa ijara.soliq.uz orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar