AsosiyJamiyat

Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi

U 300 ming so‘mni 10 kun ichida 1 mln so‘m qilib qaytarishni so‘ragan.

'Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi'ning rasmi

Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi maktabdoshini kaltaklayotgani aks etgan video yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlik holati Asaka tumanidagi 34-ixtisoslashgan davlat umumta’lim muassasasida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Mushtumzo‘r yigit bolani urarkan, bir necha marotaba uni qidirganini, nima sabab javob bermaganini so‘ragan va haqoratlab do‘pposlab ketgan. Qolaversa, yigit unga 300 ming so‘m pulni 1 mln so‘m qilib qaytarish talabini qo‘ygan va buning uchun 10 kun muhlat bergan.

Ta’kidlanishicha, vaziyat nazoratga olingan. Boshqarma holat o‘rganilayotganini, o‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, boshqarma yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik holatlarining har qanday ko‘rinishini qattiq qoralashini ham bildirgan.

    Boshqa yangiliklar