AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar

Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar.

'O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar'ning rasmi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar. Uning asosiy maqsad va vazifalari mamlakatimiz hududlarida boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar