O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni tongda ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.