AsosiyJamiyat

Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi

Samarqand viloyatida ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi holati o‘rganildi

'Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida ochiq ma’lumotlarni e’lon qilib borilishi tahlil qilindi. Bu haqida agentlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jomboy va Pastdarg‘om tumani hamda Samarqand shahar hokimliklarining bu boradagi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.

Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ro‘yxatga asosan tuman hokimliklariga 12 turdagi ma’lumotlarni davriy ravishda ochiq e’lon qilib borish majburiyati yuklatilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan 3 ta hokimlik tomonidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan 36 ta majburiyatning birortasi bajarilmaganligi, belgilangan ma’lumotlar ochiqlanmagani aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, o‘rganish o‘tkazilgan hokimliklar bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf qilish va qonunbuzilishlarini sodir etgan mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan 2 ta taqdimnoma kiritildi va 1 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O‘rganish davrida Jomboy tumani hamda Samarqand shahar hokimliklari faoliyatida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahri, Oqdaryo, Samarqand, Tayloq, Qo‘shrabot tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlari ishchi holatda emasligi, Urgut tuman hokimligi tomonidan faqatgina 3 turdagi ma’lumotlar ochiqlanganligi, Bulung‘ur, Ishtixon, Nurobod, Payariq, Paxtachi tuman hokimliklari tomonidan ochiq ma’lumotlar umuman joylashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Narpay tuman hokimligi saytida umuman ochiq ma’lumotlar sahifasi tashkil etilmagan.

Ochiqlikni ta’minlash sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni  bartaraf etish to‘g‘risida viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritilgan.



    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 23:21

    'Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 22:31

    'O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 21:27

    O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” shiori ostidagi “Ma’rifat karvoni” yakuni bo‘yicha “Erishilgan yutuq va kamchiliklar: istiqboldagi rejalar” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

    'Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:49

    Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi

    Prezident farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

    'Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:32

    Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi

    Direktor IIB xodimlari tomonidan xizmat xonasida sheriklari bilan qo‘lga tushgan.

    'Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:25

    Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi.