AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati va Farg‘onada “svet” va gazdan o‘g‘rincha foydalanib yurgan tadbirkorlar aniqlandi

Aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

'Toshkent viloyati va Farg‘onada “svet” va gazdan o‘g‘rincha foydalanib yurgan tadbirkorlar aniqlandi'ning rasmi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Olmaliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.G.” MCHJ rahbari D.S. Olmaliq shahridagi umumiy o‘rta ta’limi maktabi hududida eshik rom ishlab chiqarish sexi tashkil etib, umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 355,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.D. YATT “D.D.”ning nomidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, 135,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.M. va boshqalar “Hamkorlik” MFY hududidagi novvoyxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 109,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari, shuningdek U.M. yetkazilgan zararni to‘lamaslik maqsadida go‘yoki ushbu novvoyxonani fuqaro B.A.ga 2024 yilning iyun oyida foydalanishga berganligi to‘g‘risida soxta dalolatnoma rasmiylashtirib elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar