Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" (M-25) gaz konida 17 sentyabr kuni tushdan keyin yana vodorod sulfid sizib chiqishi yuz berdi. Holat ortidan 2 nafar shaxs vafot etdi.
Bu haqdagi ma’lumotni 18 sentyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev tasdiqlagan.
O‘.O‘tayev voqea joyiga viloyat prokurorining o‘zi chiqqanligini, hozirda tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini qayd etgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda vaziyat natijasida vafot etganlardan tashqari jarohatlangan fuqarolar ham mavjud.