AsosiyJamiyat

"Toshkent metropoliteni aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi

Metropoliten ma’muriyati Toshkent shahri aholisiga va mehmonlariga murojaat qildi.

'"Toshkent metropoliteni aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi'ning rasmi

"Toshkent metropoliteni" ma’muriyati yo‘lovchilardan metrodan foydalanish qoidalariga amal qilishni so‘radi.

"Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi", deyiladi murojaatda.

Qayd qilinishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga "ijobiy ta’sir ko‘rsatadi".

"Toshkent metropoliteni" ma’muriyatining ta’kidlashicha, 2024 yil yakunigacha 48 ta va 2025 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonini harid qilish ko‘zda tutilgan. Yangi vagonlar Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘nalishida harakatlanadi va buning hisobiga oraliq interval kamaytiriladi.

Avvalroq, Toshkent metrosida poyezdning nosoz holati sabab juda katta tirbandlik yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar