AsosiyJamiyat

Toshkent metrosiga yil oxirigacha 48 ta vagon olib kelinadi

Yangi vagonlar kelishi bilan poyezdlarning oraliq interval yanada kamaytiriladi.

'Toshkent metrosiga yil oxirigacha 48 ta vagon olib kelinadi'ning rasmi

Bu haqda "Toshkent metropoliteni"ning yo‘lovchilarga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilindi.

2021 yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatgich 920-930 mingni tashkil qilmoqda. 2024 yil yakunigacha metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni bir kunda 1 mlnga yetishi kutilmoqda.

Yo‘lovchilar sonining ortib borishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish hamda yo‘lovchilarning bir manzildan boshqa manzilga borish vaqtlarini qisqartirish maqsadida so‘nggi 3 yilda tig‘iz vaqtda harakat tarkiblarining yo‘lovchi tashish bo‘yicha oraliq vaqti (interval) qisqartirildi.

2021 yilgacha 36 ta poyezd harakatlangan bo‘lsa, so‘nggi 3 yil davomida zamonaviy turdagi 29 ta yangi harakat tarkiblari xarid qilinib, 2024 yilga kelib, poyezdlarning soni 65 taga yetkazildi.

Shuningdek, 2021 yilda nosozliklar va to‘xtab qolish holatlari 138 tani tashkil qilgan. 2023 yilda bunday holatlar soni 71 ta qayd etilib, 2 barobarga kamayishiga erishilgan. Hozirda ushbu holatlarni to‘liq bartaraf etish va "xavfsiz transport" maqomiga erishish choralari ko‘rilmoqda.

Joriy yil yakunidan boshlab 48 ta va 2025 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonlarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat19.09.2024 17:08

    '“Umra” tadbirlari reklamasidan ogohlikka chaqirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat19.09.2024 16:32

    “Umra” tadbirlari reklamasidan ogohlikka chaqirilmoqda

    Raqobat qo‘mitasi "Umra”ga olib boradigan sayyohlik agentliklari reklamalarining qonuniyligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

    'Dollarning rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat19.09.2024 16:23

    Dollarning rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Birdaniga uchta aviakompaniya Navoiyga havo qatnovlarini boshladi'ning rasmi

    Jamiyat19.09.2024 15:48

    Birdaniga uchta aviakompaniya Navoiyga havo qatnovlarini boshladi

    Latviyaning "SmartLynx Airlines" aviakompaniyasi, Britaniyaning "Titan Airways" va O‘zbekistonning "FlyKhiva" aviakompaniyalari Navoiyga yuk tashuvlarini amalga oshira boshladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat19.09.2024 15:00