AsosiySiyosat

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

'Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari Aybek Dadebay bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

    Boshqa yangiliklar