AsosiySport

O‘zbekistonlik shaxmatchilar AQSHni mag‘lub etib 2-o‘ringa ko‘tarildi

Bugun erkaklar terma jamoamiz chempionlik yo‘lida asosiy raqib — Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

'O‘zbekistonlik shaxmatchilar AQSHni mag‘lub etib 2-o‘ringa ko‘tarildi'ning rasmi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. O‘zbekiston jamoasi 8-turda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. 

Bugun, 9-turda, erkaklar terma jamoamiz chempionlik yo‘lida asosiy raqib — Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuv shaxmatchilarimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, yigitlarimizdan yuqori darajadagi o‘yin kutib qolamiz.

Ayollar terma jamoamiz esa Serbiya jamoasi bilan to‘qnash keladi. Qizlarimiz ham g‘alaba uchun bor kuchlarini sarflab, yurtimiz sha’nini himoya qilishiga ishonamiz.

Uchrashuvlar bugun soat 18:15 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar