Ijtimoiy tarmoqlarda avtomashina yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB holavt 19 sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani, Fayzli Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
1983 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. BYD rusumli, davlat raqam belgisi 01 444 VFA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.