46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i va mash’alasi O‘zbekistonga topshirildi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yakunida an’anaga ko’ra navbatdagi shaxmat Olimpiadasi mezboniga estafeta tantanali ravishda topshirildi. Hisob bo‘yicha 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026 yil Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrog’i hamda mash’alasini terma jamoamiz yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi.
Jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qo‘lga kiritdi:
Jamoaviy bahslarda:
Bronza medali — erkaklar o‘rtasidagi terma jamoamiz;
Yakkalik bahslarida:
Oltin medal — Shamsiddin Vohidov (4-taxta);
Kumush medal — Nodirbek Abdusattorov (1-taxta);
Kumush medal — Nodira Nodirjonova (5-taxta).
Qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida 12-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bu tariximizdagi eng yaxshi natija bo‘ldi.
Shu bilan bizga 12 kun davomida hayajonli onlarni taqdim etgan musobaqa o‘z yakuniga yetdi.