AsosiyJamiyat

Sobiq vazir Bexzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbar etib tayinlanadi

Agentlik Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

'Sobiq vazir Bexzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbar etib tayinlanadi'ning rasmi

Ayni paytda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari mamlakatimiz oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidlagan.

Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi va Bexzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.

Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar