AsosiyDunyo

Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

Rossiya Ukraina o‘tkazmoqchi bo‘lgan ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etmaydi.

'Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi'ning rasmi

Rossiya Ukraina o‘tkazmoqchi bo‘lgan ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Rossiya vakillari «Byurgenshtok» jarayoni doirasidagi hech qanday uchrashuvda qatnashmagan va qatnashish niyatida ham emas, dedi Zaxarova.

U Ukraina va jahon hamjamiyatini “Rossiyaga taslim bo‘lish ultimatumini taqdim etish” niyatida aybladi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yil noyabrga rejalashtirilgan navbatdagi Global tinchlik sammiti tashkilotchilari Rossiyani ham taklif qilmoqchi ekanini aytgandi.

Bundan tashqari, Zelenskiy sentyabr oyida AQSH prezidenti Jo Bayden bilan urushni tugatishning “g‘alaba rejasi” muhokama qilishini bildirdi. U o‘z strategiyasini AQSH prezidentligiga nomzodlar Kamola Harris va Donald Trampga ham taqdim etmoqchi.

Zelenskiy g‘alaba Ukraina uchun “juda kuchli diplomatiyaga tayyor” bo‘lishni anglatishi, shu sababli mazkur reja tayyorlanganini aytgandi.

Tinchlik sammitidan oldin shaxsan Jo Bayden bilan kuchli pozitsiyada bo‘lishimiz uchun bizni qanday mustahkamlash haqida gaplashaman. Chunki kuchli bo‘lsangiz, diplomatik yechimlar samarali bo‘ladi. Aks holda, Putin bu jarayonda ishtirok etmaydi, degan u.

Zelenskiy “g‘alaba rejasi” xavfsizlik, Ukrainaning geosiyosiy o‘rni, kuchli harbiy va iqtisodiy yordamni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DunyoBugun 15:02

    ''ning rasmi

    DunyoBugun 12:38

    'Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashdi'ning rasmi

    DunyoBugun 11:54

    Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashdi

    “Ikkinchi tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rayapmiz”, - dedi Ukraina prezidenti.

    'Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 18:34

    Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi

    Hujum chog‘ida 56 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

    'Qozog‘istonda qor yog‘ib, harorat keskin sovishi kutilmoqda'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 18:12

    Qozog‘istonda qor yog‘ib, harorat keskin sovishi kutilmoqda

    Qo‘shni respublikada havo harorati 7 darajagacha tushib ketishi prognoz qilindi.

    'Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 13:53

    Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi

    Nyu-Yorkdagi sammitda Germaniya yetakchiligida ishlab chiqilgan “Kelajak shartnomasi” tasdiqlandi.