AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida O‘zbekistonda yo‘q qushlarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Achinarlisi, meva qutisi orasiga yashirilgan qushlardan 3 tasi allaqachon nobud bo‘lgan.

'Toshkent aeroportida O‘zbekistonda yo‘q qushlarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jumladan, Vetnamning Kamran shahridan uchib kelgan yo‘lovchilardan birining bagaji  belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 12 bosh qushlar borligi aniqlandi. 

Achinarlisi, meva qutisi orasiga yashirilgan, saqlash va tashish qoidalariga rioya qilinmagan tarzda olib kelingan sariq va oq bo‘yinli butaqushlar hozirgi holatini mutaxassislar  salbiy baholashmoqda. Jumladan qushlardan 3 boshi allaqachon nobud bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan tekshiruvlar davom ettirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomasi talab etiladi. Bunda arizachilar tomonidan hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi lozim bo‘ladi.

Shuningdek, jonzotlarning sog‘lom yoki kasallikka chalinganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xulosasi bo‘lishi talab etiladi. 

Sariq va oq bo‘yinli butaqushlar asosan Janubiy va Sharqiy Osiyoda yashaydi va zaif tur hisoblanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qushlarning umumiy qiymati taxminan 60 mln so‘mdan oshmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2024 18:49

    Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi

    Holatga Korrupsiya agentligi munosabat bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2024 17:49

    'Prezident COP29 sammitida nutq so‘zladi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2024 17:35

    Prezident COP29 sammitida nutq so‘zladi

    Global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini ilgari surdi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2024 16:02

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2024 14:58

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi vafot etdi

    Olim elektroenergetik tizimlarning normal va avariya rejimlarini kompleks tahlil usullarini yaratish va umumlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

    '“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2024 14:42

    “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.