AsosiyJamiyat

Mustaqil va xolis nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilish ilgari surilmoqda

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ushbu tashabbus sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan.

'Mustaqil va xolis nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilish ilgari surilmoqda'ning rasmi

Ta’lim tizimi davlat rivojlanishi, istiqboli va ijtimoiy farovonligining asosi hisoblanadi. Ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish sifatli ta’limni ta’minlash muhim masalalar sirasiga kiradi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan davlat tashkilotlaridan mustaqil va xolisona baholaydigan nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilish taklifi juda muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 10 600 dan ortiq davlat umumta’lim maktablari, 450 dan ortiq xususiy maktablar, 210 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari  faoliyat yuritmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida sifat va samaradorlikni ta’minlashda davlat nazorati bilan birga, mustaqil baholash tizimining shakllanishi sohada raqobatning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi va sifatni oshirish uchun asos bo‘ladi.

Partiya fikricha, ta’lim tizimining samaradorligini va sifatini oshirishda nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilish yangi imkoniyatlarni yaratadi. Nodavlat ta’lim auditi davlat tashkilotlaridan mustaqil va xolis bo‘lishi ta’lim sifatini nazorat qilish va uni oshirishda muhim o‘rin tutadi. 

Ta’lim auditi – bu ta’lim tizimining faoliyatini, samaradorligi va sifatini baholash jarayoni bo‘lib, uning ta’lim muassasalari strategik maqsadlari hamda me’yorlariga muvofiqligini tekshiradi. Nodavlat ta’lim auditi esa mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi asnosida jarayonga xolisona va obyektiv baho beradi. U ta’lim muassasalarining faoliyatini baholashda mustaqil yondoshuvni ta’minlashi barobarida ta’lim jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashga ham ko‘maklashadi.

Nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilishning bir qator afzalliklari mavjud. 

Nodavlat ta’lim auditi tizimi davlat tashkilotlaridan mustaqil bo‘lishi va xolisona baho berishi tufayli ta’lim muassasalarining faoliyatini obyektiv baholash imkonini yaratadi. Bu, o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish va amalda duch kelinayotgan muammolarni aniqlash imkonini berishi bilan birga ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalarni taqdim etadi. Bunday yondashuv ta’lim muassasalari samaradorligini oshiradi va ularni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Partiya tashabbusiga ko‘ra nodavlat ta’lim auditi tizimi joriy qilinishi ta’lim sifatiga mustaqil va xolisona yondashuv, muassasalar faoliyatini obyektiv baholash va muammolarni teran aniqlash orqali ta’lim tizimining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar