AsosiyDunyo

Hindistonda 8 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi

Ulardan 6 nafari maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

'Hindistonda 8 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi'ning rasmi

Hindistonning Chxattisgarx shtatida yashin urishi oqibatida sakkiz kishi, jumladan, olti nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda  zamon.uz xabar berdi.  

Hodisa Jorataray qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik paytida yuz bergan. Maktabdan qaytayotgan bolalarning 6 nafarini hamda daraxt panasida turgan yana ikki kishini chaqmoq urib, halok bo‘lgan. Shuningdek, bir kishi tan jarohati olgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr boshida ham ushbu shtatda yashin urishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohat olgandi. Ushbu hodisa jarbrlanuvchilar kuchli yog‘ingarchilik vaqtida daladan uyga qaytayotganida sodir bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar