AsosiyDunyo

Rossiya 2025 yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi

Harbiy xarajatlar 2026 yilda YAIMning 5,6 foizigacha, 2027 yilda esa 5,1 foizgacha kamayishi mumkin.

'Rossiya 2025 yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi'ning rasmi

 "Bloomberg" nashri bu haqda Rossiyaning uch yillik budjet loyihasiga tayanib yozmoqda, deya xabar qilmoqda "zamon.uz".

Hujjatda qayd etilishicha, 2025 yilda mudofaa xarajatlari 13,2 trillion rublni (taxminan 145 milliard AQSH dollari) tashkil etadi, 2024 yildagi bu ko‘rsatkich 10,4 trillion rubl bo‘lishi rejalashtirilgan.

 Kelgusi yilda mudofaa va ichki xavfsizlik uchun jami xarajatlar budjet umumiy xarajatlarining qariyb 40 foizini tashkil qiladi - bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat va milliy iqtisodiyot uchun ajratiladigan mablag‘larning umumiy summasidan ko‘ra ko‘proq hisoblanadi.

 2025 yilda "maxfiy" budjet xarajatlari 12,9 trillion rublni tashkil etishi rejalashtirilgan - bu 2024 yilga nisbatan 1,8 martaga ko‘p.

 Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyaning harbiy xarajatlari 2026 yilda YAIMning 5,6 foizigacha, 2027 yilda esa 5,1 foizgacha kamayishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Avstraliya senatori burqa bilan bog'liq mojaro sabab lavozimidan chetlatildi'ning rasmi

    Dunyo 25.11.2025 17:36

    Avstraliya senatori burqa bilan bog'liq mojaro sabab lavozimidan chetlatildi

    Uning harakati ijtimoiy muhokamalar va tanqidlarga sabab bo‘ldi.

    'Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 18 ta obyektning faoliyati to‘xtatildi'ning rasmi

    Dunyo 25.11.2025 16:24

    Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 18 ta obyektning faoliyati to‘xtatildi

    Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi o'tkazilgan reydlar davomida qonunbuzarlikka yo'l qo'ygan 18 ta ob'ekt 10 kunga yopilganini ma'lum qildi.

    'Tinchlikdan beri Isroil har kuni G'azoda 2 bolani o'ldirmoqda'ning rasmi

    Dunyo 25.11.2025 15:44

    Tinchlikdan beri Isroil har kuni G'azoda 2 bolani o'ldirmoqda

    BMTdagı Falastinning doimiy vakili Riyod Mansur Xavfsizlik Kengashi majlisida Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilmayotgani haqida keskin bayonot berdi.

    'Trumpning Ukraina bo'yicha tinchlik rejasi qisqartirildi'ning rasmi

    Dunyo 25.11.2025 09:59

    Trumpning Ukraina bo'yicha tinchlik rejasi qisqartirildi

    Xo'sh, undan qaysi bandlar chiqarib tashlandi?

    'Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha shoshilinch komissiya tuzildi'ning rasmi

    Dunyo 25.11.2025 09:47

    Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha shoshilinch komissiya tuzildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ekologik keskinlashuvni bartaraf etish uchun maxsus komissiya tuzish to‘g‘risida farmon imzoladi.

    '"Tolibon" Pokiston o‘rniga ko‘mir eksportini O‘zbekistonga yo‘naltirmoqda'ning rasmi

    Dunyo 25.11.2025 09:20

    "Tolibon" Pokiston o‘rniga ko‘mir eksportini O‘zbekistonga yo‘naltirmoqda

    Pokiston bilan savdo to'xtashi ortidan Kobul qo'shni davlatlar bilan aloqalarni kengaytirmoqda.